07:00 / 11.09.2015
2709

Tojikiston huquq-tartibot muassasalari xodimlari 4 nafar jangarini yo‘q qildi

Tojikiston kuchishlatar bo‘linmalari xodimlari Romit tog‘ darasida o‘tayotgan aksilterrorchilik operatsiyasida yana 4 nafar jangarini yo‘q qildi, 17 nafar ehtimoliy terrorchi qo‘lga olindi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi ma'lum qildi.

“Maxsus operatsiya davomida 8 ta Kalashnikov avtomati, bitta pulemyot, katta miqdordagi o‘q-dorilar musodara qilindi”, deb aytilmoqda Ichki ishlar vazirligi matbuot markazida.

Ayni paytda jinoiy guruh yetakchisi Abduhalim Nazarzodani qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Ichki ishlar vazirligida “terrorchilar bilan hech qanday muzokaralar olib borilmagani va borilmasligi” qo‘shimcha qilib o‘tildi.

Top