22:24 / 11.09.2015
3451

Ukraina xavfsizlik xizmati ichki ishlar vaziriga suiqasdning oldini oldi

Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) Bosh harbiy prokuratura bilan birgalikda Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakovga uyushtirilishi rejalashtirilgan suiqasdning oldini oldi, deb ma'lum qilinmoqda UXX xabarida. 

“UXX Bosh harbiy prokuratura bilan birgalikda Ukraina ichki ishlar vaziri hamda Kiyev va Xarkovdagi boshqa bir qator buyurtma qotilliklarning oldini oldi”, deyilmoqda xabarda.

Ma'lum qilinishicha, maxsus operatsiya natijasida huquq-tartibot muassasalari xodimlari Ukraina militsiyasining yuqori lavozimli mansabdor shaxslari, mamlakat parlamenti deputati, ko‘ngillar va tadbirkorlarga suiqasd qilishni rejalashtirgan jinoiy guruhni fosh etdi.

Xarkovda guruh tashkilotchilaridan biri – “Slobojanshchina” bataloni boshlig‘i hibsga olingan. Ayni paytda jinoiy ish doirasida tergov harakatlari davom etmoqda. Qo‘lga olinganning guruhi joylashgan joylar va uning istiqomat qiladigan joyida tintuvlar o‘tkzilmoqda.

Top