Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik olim rossiyalik dasturchining kallasini ko‘chirib o‘tkazishga yordam beradi
Joriy hafta rossiyalik Valeriy Spiridonov va italiyalik Serjio Kanaveroning jamoasiga Xitoyning Xarbin tibbiyot instituti xodimi Ren Syaopin qo‘shilgani ma'lum bo‘ldi. Bu ma'lumotni Spiridonovning matbuot kotibi Nikita Barvenov tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik nogiron dasturchi Valeriy Spiridonov boshini boshqa tanaga ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasiga rozi bo‘lgan edi. Ushbu loyiha boshlig‘i Serjio Kanavero ilk bor 2013 yili bir sichqonning boshini ko‘chirib o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Ammo bu texnologiyani insonlarda tajriba qilib ko‘rish imkoniyati keyinroq tug‘ildi. Bu tajribada rossiyalik dasturchi “tajriba quyonchasi” vazifasini bajaradi.