Sport | 21:35 / 12.09.2015
2724
2 daqiqa o‘qiladi

APLning 5-turidagi g‘alabadan keyin "Manchester Siti" turnir jadvalida yaqqol peshqadamga aylandi

"Everton" "Chelsi"ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan o‘yin orqali boshlangan APLning 5-tur o‘yinlari "Manchester Siti" va "Kristal Pelas" o‘yini orqali davom etdi.

Ushbu o‘yindan oldin 12 ochko bilan birinchi o‘rinda joylashgan "shaharliklar"ning eng yaqin ta'qibchisi 9 ochkoga ega "Kristal Pelas" edi va shu tufayli "Siti" uchun bu o‘yin muhim ahamiyat kasb etgandi. O‘ta qiyin kechgan uchrashuvning so‘nggi daqiqasida yosh hujumchi Ixeanacho tomonidan urilgan gol mehmonlarga g‘alaba keltirdi.

Bu g‘alabadan keyin "Siti" 15 ochko bilan turnir jadvalida yaqqol peshqadamga aylandi. "Kristal Pelas"ni esa 5-turda 3 ochko olgan "Arsenal" quvib o‘tdi.

Kristal Pelas – Manchester Siti 0:1
Gol: 0:1 – 90 Ixeanacho.
Kristal Pelas – Makkarti, Xangeland, Kelli, Denn, Suare, Zaa, Makartur, Bolazi (Yedinak, 80), Kabay, Sako (Geyl, 68), Panchon (Li Chun Yun, 83).
Manchester Siti –Xart, Kolarov, Sanya, Kompani, Mangalya, Navas, Ture, Fernandino, Nasri (Demichelis, 90), Boni (Ixeanacho, 89), Aguero (de Bryuyne, 25).
Ogohlantirishlar: Denn (18), Ture (26), Nasri (69), Xangeland (71), Mangalya (81).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish