Sport | 21:44 / 12.09.2015
2694
1 daqiqa o‘qiladi

"Arsenal" o‘z maydonida "Stok Siti"ni yengib, turnir jadvalining ikkinchi o‘rniga ko‘tarildi

APLning 5-turi doirasida o‘tkazilgan "Arsenal" va "Stok Siti" jamoalari bahsida mezbonlar osonlik bilan g‘alaba qozonishdi.

Birinchi taymda Teo Uolkott, ikkinchi taymda Jiru tomonidan urilgan gollar Arsen Venger shogirdlarining g‘alabasini ta'minladi.

Bu g‘alabadan keyin "kanonirlar" hisobidagi ochkolar soni 10taga yetdi va jamoa 15 ochkoga ega "Manchester Siti"ni ta'qib qilishga tushdi.

Keyingi turda "Arsenal" inqiroz holatidagi "Chelsi"ga qarshi "London derbisi"da maydonga tushadi.

Arsenal – Stok Siti 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 31 Uolkott, 2:0 – 85 Jiru.
Arsenal – Chex, Gabriel, Monreal, Belerin, Koselni, Ozil (Oksleyd-Chemberlen, 84), Koklen, Sanches (Arteta, 84), Kasorla, Uolkott (Jiru, 75), Remzi.
Stok Siti – Batlend, Kemeron, Piters, Bardsli, Munesa, van Ginkel, Uelan, Shakiri, Arnautovich, Diuf (Krkich, 75), Xoselu (Ayrlend, 57).
Ogohlantirishlar: Ozil (38), Bardsli (81).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish