Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi 30 sentabrda muhojirlar masalasi bo‘yicha sammit tashkil etadi
Muammoni shoshilinch hal etish zarurati borligi tufayli 30 sentabr kuni migratsiya masalasiga bag‘ishlangan maxsus sammit bo‘lib o‘tadi, dedi BMT bosh kotibi Pan Gi Mun “Vesti v subbotu” teledasturiga bergan intervyusida.
“Mazkur inqiroz sunami singari o‘sib bormoqda. Ham Yevropa yetakchilari, ham osiyolik rahbarlar bu kabi inqirozlar vaqtida nima qilishlari kerak: birinchi navbatda, hukumatlar ko‘chib o‘tuvchilarning hurmati va xavfsizligini ta'minlashlari lozim. Buni yevropalik yetakchilar namoyon etmoqda, namoyish etishni boshlamoqda”, – dedi bosh kotib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa mazkur masalani noyabr oyida jamoaviy tarzda muhokama qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, biroq muammoning shoshilinch ekani va zudlik bilan hal etish zarurati borligi uchun mazkur masalani yevropalik rahbarlar bilan muhokama qilish maqsadida 30 sentabrda sammit o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqargan.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi bir qator mamlakatlarda qurolli mojarolarning avj olishi natijasida mazkur hududlardan Yevropaga o‘tuvchi qochqinlar soni keskin oshib ketdi. Yanvar-sentabr oylarida ularning soni 351,3 ming nafarga yetgan. Ayrim mutaxassislar taxminiga ko‘ra, muhojirlar oqimi 1 mln nafardan ortishi mumkin.