Jahon | 19:54 / 12.09.2015
6684
1 daqiqa o‘qiladi

Dmitriy Medvedev Makkadagi fojia yuzasidan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga hamdardlik bildirdi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev haj paytida Makkadagi “Al-Harom” masjidi ustiga kran qulab tushishi oqibatida ko‘plab ziyoratchilarning umriga zomin bo‘lgan fojia yuzasidan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Nayaf ibn Abdulaziz al-Saudga hamdardlik bildirdi, deb aytilmoqda Rossiya Vazirlar Mahkamasining rasmiy saytida.

“Rossiya Federatsiyasi hukumati va shaxsan o‘zimning nomimdan Makkadagi Katta masjiddagi fojia yuzasidan hamdardlik bildiraman. Biz musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan haj paytida ziyoratchilarning o‘limi olib kelgan qayg‘u-hasratni birga bo‘lishamiz”, deyilmoqda xabarda.

Medvedev, shuningdek, qurbonlar yaqinlari va oilalariga o‘z hamdardligini bildirdi hamda jarohat olganlarga tez fursatda tuzalib ketishlarini tilab qoldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish