09:25 / 12.09.2015
2579

Yerevan politsiyasi Bagramyan shohko‘chasining qatnov qismidan odamlarni siqib chiqardi

Yerevan politsiyasi shahar markazidagi Bagramyan shohko‘chasining qatnov qismidagi namoyishchilarni trotuarlarga siqib chiqardi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” muxbiri.

11 sentabrda Armanistonda elektr energiyaga narxlarning oshishiga qarshi chiqayotgan bir necha nafar yuz namoyishchilar shahar markazidagi mamlakat prezidenti qarorgohi yonidagi ko‘chani to‘sib qo‘yishgan edi. 12 sentabr ertalabga yaqin bu yerda faqatgina bir necha o‘n kishi qolgan.

12 sentabr kuni politsiya namoyishchilardan 05:30 gacha qatnov qismini bo‘shatishlarini, aks holda qonunda ko‘zda tutilgan choralarni qo‘llash bilan tahdid qildi.

Hozirda ko‘chaning qatnov qismi bo‘shatildi. Politsiya talablariga bo‘ysunishni istamagan bir necha kishi politsiya mahkamalariga olib ketildi. Namoyishchilarni tarqatish paytida maxsus vositalar qo‘llanmagan.

Top