Jahon | 18:51 / 12.09.2015
17609
1 daqiqa o‘qiladi

Yevgeniy Petrosyan O‘zbekistondagi qamoqxonada o‘zini yo‘qotib qo‘ymagani eslandi

16 sentabrda o‘zining 70 yoshligini nishonlaydigan rossiyalik taniqli kulgu ustasi Yevgeniy Petrosyan O‘zbekistondagi qamoqxonada o‘zini yo‘qotib qo‘ymagani eslandi.

Bu voqea Petrosyan 1981 yilda yozda O‘zbekistonda gastrol safari uyushtirgan paytda yuz bergan.

“Samarqanddan Uchquduqqa yo‘lda uddaburon mahalliy ma'mur Petrosyanni qamoqxonaga konsert bergani olib borgan. Petrosyan konsert bera turib, unda mahbuslar ruschani tushunmayotgandek his paydo bo‘la boshladi. Artist o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, pantomima ko‘rsatishga o‘tib ketgan! Kontsert katta muvaffaqiyat bilan o‘tgan”, deb ta'kidlanmoqda “T7-Inform” internet-loyihasida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish