Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:08 / 12.09.2015
3112
1 daqiqa o‘qiladi
Kanada Mudofaa vazirligi mamlakatga “Mistral”lar kerak emasligini aytdi
Kanada “Mistral” kemalarini xarid qilishdan manfaatdor emas, deb xabar berildi mamlakat Mudofaa vazirligida Frans Press agentligiga.
Vazirlik vakili Eshli Lemirning aytishicha, “Kanada qurolli kuchlari ayni paytda bu kemalarni sotib olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan”.
Avvalroq Fransiyaning “Mistral”lar muammosini hal qilish bo‘yicha maxsus vakili Lui Gote Kanada kemalarni xarid qilishga “jiddiy” qiziqish bildirayotganini ma'lum qilgan
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish