Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:18 / 12.09.2015
18849
1 daqiqa o‘qiladi
Makkada haj paytida halok bo‘lgan ziyoratchilar nomsiz qabrlarda dafn qilinadigan bo‘ldilar
Makka hukumati haj paytida kran qulashi oqibatida halok bo‘lganlarning jasadlarini vatanlariga yubormaslikka qaror qildi. Qurbonlar qisqa fursatlarda shahar qabristonida nomsiz qabrlarga dafn qilinadilar. Qurbonlarni asosan Hindiston va Pokiston fuqarolari tashkil qilmoqda.

Makka amiri shahzoda Holid Al-Faysal voqea sabablarini tergov qilishga buyruq berdi.
Avval xabar berilganidek, qurbonlar orasida O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston fuqarolari yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish