Jahon | 06:03 / 12.09.2015
19905
1 daqiqa o‘qiladi

Makkadagi “Al-Harom” masjididagi fojia tufayli halok bo‘lganlar soni 107 nafarni tashkil etmoqda

Saudiya Arabistonining Qizil yarimoy jamiyati Makkadagi “Al-Harom” masjididagi fojia joyida 68 nafardan ko‘proq qutqaruvchilar va shifokorlar brigadasi ish olib borayotganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Qutqaruvchilar va shifokorlar Makkaning o‘zidan va uning atrofidagi Jidda va Toif shaharlaridan yetib kelishgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kuchli shamol tufayli yaqin atrofdagi qurilish krani masjidning hovlisiga ziyoratchilar bo‘lgan paytda qulab tushgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida 107 kishi halok bo‘lgan, 238 kishi jarohat olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish