Jahon | 22:22 / 12.09.2015
3516
1 daqiqa o‘qiladi

Mirror: “IShID” xakerlari britaniyalik vazirlarning ishchi jadvali haqida ma'lumotni olishga urinishdi

“IShID” terrorchilik guruhi xakerlari Buyuk Britaniya vazirlari haqida maxfiy ma'lumotni qo‘lga kiritishga urinishgan, deb yozmoqda Mirror gazetasi.

Nashr Buyuk Britaniyaning xususan hukumat idoralari va armiya ma'lumotlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi Hukumat aloqasi markazi (GCHQ) o‘tkazgan tergovga iqtibos keltirmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, xakerlar qandaydir muhim ma'lumotlarni qo‘lga kirita olmaganlar, biroq vazirlarning elektron pochtalarini buzib kirib, ularning ishchi jadvallarini bilmoqchi bo‘lganlar.

Shu munosabat bilan GCHQ amaldorlarning tarmoqdagi xavfsizligini kuchaytirdi va parollarni o‘zgartirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish