Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada atmosfera bosimi ko‘tarilishda davom etib, 1932 yilgi rekord darajadan ortib ketdi
Rossiya poytaxti Moskva shahrida atmosfera bosimi 763 millimetr simob ustuniga yetib, 1932 yilgi rekord natijadan oshdi, atmosfera bosimi ko‘tarilishda davom etmoqda. Bu haqda “Meteonovosti” sayti ma'lum qildi.
“Ikki kundirki, Moskvada bosimning yangi rekordlari o‘rnatilmoqda. VDNX meteostansiyasi barometri ma'lumotlariga ko‘ra, 12 sentabr kuni Moskva vaqti bilan 10:00da atmosfera bosimi ko‘rsatkichi 763 millimetr simob ustunini qayd etib, uzoq 1932 yilgi ekstremal qiymatdan 5 birlik ortib ketdi”, – deyiladi xabarda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yuqori atmosfera bosimi fonidagi antitsiklon hududda yakshanba kuni ham saqlanib qoladi, bu esa uchinchi marotaba ketma-ket yangi rekordlar o‘rnatilishidan dalolat beradi.