Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironlik masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tuziladi
O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va nogironlarning jamoat tashkilotlari Nogironlik masalalari bo‘yicha maslahat kengashini tuzish to‘g‘risida bitimni tayyorlashga kirishdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmatiga asoslanib, "Gazeta.uz" nashri xabar qildi.
Kengashning vazifalari sirasiga birgalikda tadbir, maslahatlashuv va muzokaralar o‘tkazish, qo‘shma loyiha va rejalar ishlab chiqish va amalga oshirish, o‘zaro yordam ko‘rsatish va axborot almashish, shuningdek, aholi bandligi va ijtimoiy muhofazasi sohasidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda nogironlarning jamoat tashkilotlari ishtirokini ta'minlash kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi nogironlar tashkilotlarini maslahat kengashida va bitimni tayyorlashda ishtirok etishga taklif qildi. Murojaat uchun telefon: 239-41-30; Elektron pochta manzili: [email protected].