Sport | 20:15 / 12.09.2015
3540
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya fuqaroligini olgan AQShlik bokschi Roy Jons Rossiyada boks akademiyasini ochmoqchi

Rossiya fuqaroligini olgan AQShlik mashhur bokschi Kichik Roy Jons Rossiyada boks akademiyalari tarmog‘ini ochishni rejalashtirmoqda, deb ma'lum qildi bokschining menejyeri Vladimir Xryunov “Govorit Moskva” radiostansiyasi efirida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jonsga Rossiya fuqaroligini berdi, tegishli qaror 12 sentabrda Kreml saytida chop etildi.

“Roy Jons 10 oktabrda Venesuelada Rossiya bayrog‘i ostida o‘z akademiyasini ochadi. Rossiyada Roy Jonsning akademiyalari tarmog‘i ochish rejalashtirilgan. Roy Jonsning pozitsiyasi xalqlarni mehnat bilan yaqinlashtirish, Rossiya va Amerikadagi boks industriyasi ichida ishlashdan iborat”, deb aytdi Xryunov.

Xryunovning aytishicha, Jons 26 sentabrda Londonda rossiyalik bokschi Fedor Chudinovning Frank Buloni bilan jangida rossiyalik bokschining murabbiy sifatida ishtirok etadi. Xryunov bokschida Rossiya fuqaroligini olish istagi ikki yil avvaloq paydo bo‘lganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish