Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘zbek-qozoq biznes-forumi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 2015 yilning 17 sentabr kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining Amir Temur zalida 10:00dan 12:30ga qadar “Kaznex Invest” Qozog‘iston eksport va investitsiya milliy agentligi” bilan hamkorlikda biznes-forum hamda o‘zbek va qozoq tadbirkorlari o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Delegatsiya tarkibiga mashinasozlik, qurilish, farmatsevtika, oziq-ovqat, kimyo va metallurgiya sanoatida tibbiy mahsulotlar, ventilyatsion, nasos va elektroteznik qurilmalar, injiniring, kimyoviy o‘g‘it va boshqalarni ishlab chiqarish bilan mashg‘ul bo‘lgan qozoq kompaniyalari kirgan.