Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina TIV Putin va Berluskonining Qrimga tashrifini qoraladi
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskonining Qrimga uyushtirgan tashrifiga e'tirozlarini bildirdi. Bu haqda Ukraina TIVning feysbukdagi sahifasida ma'lum qilingan.
Unda aytilishicha, Kiyevdagilar bu tashrifdan oldin o‘zlari bilan maslahatlashilmaganida qattiq g‘azablangan.
"Italiyalik siyosatchining bu harakati Italiya ham Rossiya kabi Yevropa Ittifoqining noroziligiga uchrashiga olib keladi", deyiladi xabarda.
Ukraina TIV Yevropa va jahondagi barcha siyosatchilarni bu voqeaga e'tibor qaratishga chaqirgan hamda Ukraina suverentitetini hurmat qilishlarini so‘ragan.
11 sentabr kuni Berluskoni Qrimga keldi va Rossiya prezidenti bilan uchrashdi.
Putin va Berluskoni Yalta sohilbo‘yida sayr qilib, yo‘lovchilar bilan suhbatlashgani haqida xabar berilgandi.