Jahon | 15:58 / 12.09.2015
3578
2 daqiqa o‘qiladi

Vengriya bosh vaziri: migratsiya natijasida xristianlar mag‘lub bo‘lishadi

Agarda qochqinlar ochimi to‘xtatilmasa, Yevropa xristianlari ozchilikka aylanib qoladi, Yevropa Ittifoqining bir xilligi esa yo‘qoladi, dedi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Bild gazetasiga bergan intervyusida.

“Yevropalik siyosatdonlar ayni paytda shirin xayollar dunyosida yashamoqda. Ular kelgusida bizni qanday xavf-xatarlar kutayotganini tasavvur qilishgani yo‘q. Pokiston, Bangladesh, Mali, Efiopiya, Nigeriyadan kelayotgan oqimning chek-chegarasi yo‘q. Agarda ularning barchasiga qo‘yib bersak, Yevropa halok bo‘ladi. Musulmonlar migratsiyasi natijasida kelgusida ular Yevropada mutlaq ko‘pchilikni tashkil etadi. Yevropa ikki madaniyat hamkorligiga yo‘l qo‘yib bersa, xristianlar mag‘lub bo‘lishadi”, – dedi bosh vazir.

Orban Germaniya kansleri Angela Merkelni ham qochqinlarni Vengriya va Germaniyaga o‘tkazishga ruxsat bergani uchun tanqid qildi. Uning fikricha, bu holat mamlakatda alg‘ov-dalg‘ovlikni keltirib chiqaradi. Muhojirlar Germaniyaga tezroq o‘tib olish uchun politsiya bilan to‘nashuvlar sodir etadi.

Avvalroq Orban qochqinlarga kelgan yerlariga qaytib ketishni tavsiya qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish