17:37 / 12.09.2015
10322

Yatsenyuk: Putin o‘zi qo‘ygan siyosiy qopqonga o‘zi tushib qoldi

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zi qo‘ygan siyosiy qopqonga tushib qolgan va undan chiqishning imkoniga ega emas. Bu haqda 112 Ukraina telekanali xabar bergan.

"Putin bu qopqonni o‘zi qo‘ygandi. Unga o‘zi tushib qolgach, chiqib ketishning imkonini topa olmayapti. Agar u "Biz Donetsk va Luganskni tark etamiz", deydigan bo‘lsa, Rossiyada uni "tirik murda" kabi ko‘ra boshlashadi. Aksincha, agar u Ukrainaga hujum qiladigan bo‘lsa va Donbassdan boshqa hududlarga ham kirishga urinsa, u butun dunyo uchun "tirik murda"ga aylanadi. U boshi berk ko‘chaga kirib qolgan", deydi Yatsenyuk.

Ukrainlar bosh vazirining aytishicha, Putin shaxsan o‘zi Donbassga 40 ming kishilik qo‘shin kiritish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Top