17:56 / 12.09.2015
2214

Yahoo! kompaniyasining marketing bo‘yicha direktori o‘z lavozimini tark etdi

Yahoo! kompaniyasining marketing ishlari bo‘yicha direktori Keti Savitt o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda CNN xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Savitt Gollivuddagi STX Entertainment studiyasiga ishga o‘tgan.

"Keti Savitt kompaniyani tark etishga qaror qildi. Biz unga shu vaqtgacha kompaniya rivoji uchun qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va unga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz", deyiladi kompaniya xabarida.

Qayd etilishicha, Keti Savitt 3 yil oldin Yahoo! kompaniyasining marketing bo‘yicha direktori lavozimiga tayinlangandi.

Top