Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada kuchli suv toshqini tufayli bedarak yo‘qolganlar qidirilmoqda
Yaponiyada yuz bergan kuchli suv toshqinidan eng ko‘p talofat ko‘rgan Dzyoso shahri atroflarida bedarak ketgan 16 kishini qidirish ishlari olib borilmoqda.
Xabar qilinishicha, bu hududda 3 kishining suv toshqinlari qurboniga aylangani tasdiqlangan.
Shahardan 5 ming nafarga yaqin kishi evakuatsiya qilingan. Dzyoso shahrida 10 sentabr kuni ilk suv toshqinlari kuzatilgandi. Shundan buyon hududda yomg‘irlar davom etmoqda.
Yaponiyaning yana bir shahri Osaka ham suv toshqinlariga uchragan.
Yaponiya meteorologiya boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatning markaziy va shimoli-sharqiy hududlariga 8 sentabrdan beri 600 mm yomg‘ir yoqqan. Suv toshqinlari "Etau" to‘fonidan keyin boshlangan.
12 sentabr kuni Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Dzyosoda evakuatsiya qilinganlar uchun tashkil etilgan lagerga tashrif buyurdi.
Bundan oldinroq, Yaponiyadagi suv toshqinlari Toyota kompaniyasining 3ta zavodida ish to‘xtab qolgani xabar qilingandi.






