23:51 / 13.09.2015
3372

“Barselona”ning eng nozik o‘yinchisi Tomas Vermalen navbatdagi jarohatini oldi

“Barselona” himoyachisi Tomas Vermalen navbatdagi jarohatini oldi va o‘z jamoasining bir nechta o‘yinini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Ispaniya chempionatining “Atletiko”ga qarshi uchrashuvida belgiyalik futbolchi maydonni olgan jarohati tufayli 24-daqiqadayoq tark etishga majbur bo‘ldi. Shifokorlar uning chap oyog‘i mushagi shikastlanganini qayd qilishdi.  

“Barsa”ning rasmiy sayti ma'lum qilishicha, o‘yinchi Primeraning kamida uta o‘yini va Chempionlar Ligasining guruh bosqichida “Roma”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Vermalen “Barselonaga” 2014 yilning yozida “Arsenal”dan o‘tgan. Biroq futbolchi shundan beri yangi jamoasi safida bor-yo‘g‘i 4 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta to‘p urishga muvaffaq bo‘lgan. 

Uchrashuv “Barselona”ning 1:2 hisobidagi mehmondagi g‘alabasi bilan yakunlandi. To‘plarni 52-daqiqada Torres, 55- va 77-daqiqalarda Neymar va Messi kiritishdi

Top