Jahon | 12:25 / 13.09.2015
3882
2 daqiqa o‘qiladi

12 sentabr kuni Vengriyaga rekord darajadagi muhojirlar oqimi kuzatildi

Shanba kuni Serbiya orqali Vengriya hududiga 4 ming nafardan ortiq muhojirlar o‘tdi va bu boradagi rekord daraja qayd etildi.

Bu voqea Vengriyada davlat chegaralarini butunlay yopib qo‘yishga bo‘lgan chaqiriqlar kuchaygan vaqtda sodir bo‘ldi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Serbiya va Vengriya chegarasida Yaqqin Sharqdan kelgan 175 ming muhojir joylashgan. Chegarada eni 4 metr bo‘lgan to‘siqlar o‘rnatilgan. 15 sentabr kuni Vengriyada mamlakat hududiga noqonuniy ravishda kirganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Bild gazetasiga bergan intervyusida Yevropaga kelayotgan muhojirlar oqimi Yaqin Sharqdagi urush harakatlari emas, balki yaxshiroq hayot izlash bilan bog‘liqligini aytgan va ularga kelgan joylariga qaytib ketishni tavsiya qilgandi.

Shuningdek, Vengriya bosh vaziri migratsiya natijasida nasroniylar mag‘lub bo‘lishidan ogohlantirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish