Jahon | 09:32 / 13.09.2015
3003
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi yirik aviashou vaqtida samolyotlardan biri halokatga uchradi

AQShning Tennesi shtatida o‘tkazilgan yirik aviashou vaqtida baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda WVLT xabar bergan.

Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasida ma'lum qilinishicha, bu voqea shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:30 (Toshkent vaqti bilan yakshanba kuni soat 02:30da) sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, «Albatros» nomli bir motorli L-39 samolyoti qulab tushgan.

Samolyot bortida birgina uchuvchi bo‘lgan. Uning taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish