18:46 / 13.09.2015
2723

Avstriya politsiyasi yuk mashinasi ichida bo‘lgan 42 qochqinning hayotini saqlab qoldi

Avstriya politsiyasi A8 avotrassasida refrijyerator turidagi yuk mashinasi ichida 42 nafar suriyalik va boshqa davlatlardan bo‘lgan muhojir borligini aniqladi. Ular orasida 5 ayol va 8 bola bo‘lgan, deb huquq-tartibot muassasalariga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

“Barcha muhojirlarning sog‘lig‘i yaxshi, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish talab qilinmadi. Ularni olib ketayotgan 2 nafar iroqlik hibsga olindi”, deyilmoqda xabarda.

Huquq-tartibot muassasalari xodimlari qochqinlarni Lints shahridagi politsiya bo‘limiga olib borganlar va bu yerda ularga kerakli ko‘mak ko‘rsatilgan.

Top