Sport | 07:08 / 13.09.2015
3571
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» safarda «Atletiko»ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

12 sentabr kuni La liga uchinchi turining markaziy uchrashuvida "Atletiko" va "Barselona" klubi to‘qnash keldi. Kataloniyaliklar og‘ir kechgan uchrashuvda safardan g‘alaba bilan qaytishga muvaffaq bo‘lishdi.

"Atletiko" klubi o‘z maydonida 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmagach, 51 daqiqada Torres gol urib jamoasini oldinga olib chiqdi. Ammo oradan to‘rt daqiqa o‘tgach, Neymar hisobni tenglashtirdi. O‘yinga zaxiradan qo‘shilgan Messi 77 daqiqada urgan gol uchrashuv taqdirini amalda hal qildi. Shu tariqa katalonlar 2 turda 9 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida birinchi o‘ringa joylashdi. Jamoa keyingi turni 20 sentabrda o‘z maydonida "Levante"ga qarshi o‘tkazadi.

Ispaniya chempionati, 2-tur
Atletiko – Barselona 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 51 Torres, 1:1 – 55 Neymar, 1:2 – 77 Messi.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Tiagu, Gabi (Vetto, 81), Koke, Oliver Torres (Ferreyra Karrasko, 60), Grizmann, Torres (Martines, 62).
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Vermalen (Mate, 28), Alba, Rakitich (Messi, 60), Buskets, Inesta, Maskerano, Rafinya, Neymar, Suares.
Ogohlantirishlar: Oliver Torres (18), Filipe Luis (43), Inesta (44), Ximenes (89).