19:45 / 13.09.2015
4025

Boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi JChda jami 7ta medal bilan ikkinchi o‘rinni egalladi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionati yakunlandi.

Mazkur jahon chempionatida 2ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi umumjamoa hisobida mezbonlardan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medallarni Bilolbek Mirzarahimov (-57 kg) va Timur Merjanov (-63 kg) keltirishdi. Bilolbek oltin medal uchun kechgan jangda AQSh vakili Gabriel Floresni 3:0 hisobida dog‘da qoldirgan bo‘lsa, Timur Merjanov rossiyalik Osman Aliyevni xuddi shu hisobda mag‘lub etdi.

Finalga qadar kechgan janglarda zafar quchgan Dilshodbek Ro‘zmetov (-66 kg) hamda Qosimxon Qosimov (-75 kg) kumush medal sovrindori bo‘lgan. Xalimbek Utegenov (-48 kg), Yahyoxon Saidxonov (-70 kg) va Profsor Rorimsha (+80 kg) esa jahon chempionatining bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Top