Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daily Mail: Makkada “Al-Harom” masjidiga qulab tushgan kran Osama bin Laden oilasiga tegishli bo‘lgan
Makkada “Al-Harom” masjidiga qulab tushgan qurilish krani Osama bin Laden oilasiga tegishli bo‘lgani iddao qilinmoqda, deb xabar bermoqda The Daily Mail nashri.
Nashrning ta'kidlashicha, kranga egalik qilgan Saudi BinLaden Group tomonidan boshqariluvchi nemis kompaniyasi masjidning rekonstruksiya qilish ishlarini olib borgan. Masjidni kengaytirish bo‘yicha ishlarning umumiy miqdori 14 mlrd dollarga baholanmoqda.
Bir qator ekspertlarning fikricha, fojia qurilish kranlarini bevosita masjid yaqinida joylashtirishga ruxsat bergan hukumatning mas'uliyatsizligi tufayli yuz bergan.