08:14 / 13.09.2015
3037

YeXHT bosh kotibi Donbassdagi inqirozning siyosiy yechimi imkoni borligini aytdi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bosh kotibi Lamberto Zanne Donbassda o‘rnatilgan tinchlik muzokaralarda keyingi taraqqiyotga imkoniyat ochdi, deb aytmoqda. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bergan.

“O‘t ochishni to‘xtatish tartibiga 10 kundan beri amal qilib kelinmoqda, bu muzokaralarda siyosiy darajada taraqqiyot tomonga harakatlanish imkoniyati haqida gapirishga imkon beradigan ajoyib yangilik”, deb aytdi Zanne.
Zanne yaqinda Mariupol va Shirokino yaqinida bo‘lib, bu shaharlarda tinchlikka amal qilinayotganini tasdiqlashi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.
12 sentabrda Berlinda “normand to‘rtligi” tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda ishtirokchilar Donbass bo‘yicha eng muhim masalalar – tinchlikka amal qilish, og‘ir qurol-aslahalarni olib chiqib ketish hamda Donetsk va Lugansk viloyatlarida mahalliy saylovlar o‘tkazishni muhokama qilishdi. Ishtirokchilarning aytishicha, uchrashuv avvalgilardan farqli ravishda ancha bosiq tarzda, kamroq qarama-qarshiliklar bilan o‘tdi.

Top