Sport | 11:40 / 13.09.2015
4779
1 daqiqa o‘qiladi

Floyd Meyuezer yengilmas bokschi sifatida faoliyatini yakunladi

Amerikalik bokschi Floyd Meyuezer faoliyatidagi oxirgi, 49-jangida ham g‘alaba qozondi va yengilmas bokschi sifatida ringni tark etdi.

12 sentabr oqshomida Las-Vegasdagi Grand Garden Arenada 66,68 kg.gacha vazn toifasining Butunjahon bokschilar assotsiatsiyasi (WBA) va Butunjahon bokschilar kengashi (WBC) yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionligi uchun Andre Bertoga qarshi kechgan bahsda, 12 raund yakunlariga ko‘ra Meyuezer g‘alaba qozondi.

Bu orqali u afsonaviy bokschi Rokki Marchianoning 49 jangdan iborat g‘alabali seriyasini takrorladi.

Shu tariqa, 38 yoshli bokschi faoliyatini "yuqori nota"da yakunladi. U jang yakunida o‘z faoliyatini yakunlagani haqidagi ma'lumotlarni tasdiqlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish