19:44 / 13.09.2015
13885

Jizzaxlik bir guruh yoshlar erkakni zo‘rlab, shantaj yo‘li bilan 1.5 mln so‘m undirmoqchi bo‘ldi

Jizzaxning Zarbdor tumanida zo‘ravonlar bir odamni garovga olib, shantaj yo‘li bilan 1.5 mln so‘m undirmoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Qodirbek Norboyev, Sarvarbek Kimsanov, Ilhomjon To‘rayev, Xayriddin Hasanovlar Sohibjon Rahmatov ismli shaxsni tutib, unga jismoniy azob berib, zo‘rlik ishlatib, bu sahnalarni suratga olgan. So‘ng uni videoni internet orqali tarqatib yuborish bilan shantaj qilib, bir kun ichida 1.5 mln so‘m berishni talab qilishgan.

Ammo Rahmatov tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan. Buning natijasida jinoyatchilar qo‘lga olinib, jazoga tortilgan.

Top