17:17 / 13.09.2015
4286

Kemeron: Leyboristlar partiyasi Buyuk Britaniya xavfsizligini tahdid ostida qoldiradi

Leyboristlar partiyasi rahbari Jyeremi Korbinning Vakillar palatasiga saylanishi Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronni xavotirga soldi.

U endilikda bu partiya mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid soladi, deb hisoblamoqda.

"Endi Leyboristlar partiyasi mamlakatimizning milliy xavfsizligini tahdid ostida qoldirishadi. Endi mamlakat iqtisodi va sizning oilalaringiz xavf ostida qoladi", deb yozdi vazir o‘zining tvitterida.

Ma'lumot uchun, Korbin saylovlardan 60 foizga yaqin ovoz bilan g‘alaba qozondi.

Kuzatuvchilarning qayd etishlaricha, Korbin ta'lim sohasida bir qator islohotlar o‘tkazishni, kompaniyalardan olinadigan soliqlar miqdorini oshirishni va Buyuk Britaniyaning NATO tarkibidan chiqish masalasini kun tartibiga qo‘yishni rejalashtirgan.

Top