08:08 / 13.09.2015
2321

"Manchester Siti" mavsum startida 5ta o‘yinda "quruq g‘alaba" qayd etish bo‘yicha "Chelsi" rekordini yangiladi

"Manchester Siti" jamoasi APLning 5-turida "Kristal Pelas"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va o‘zining g‘alabali seriyasini davom ettirdi.

Bu orqali "shaharliklar" o‘z darvozasidan gol o‘tkazmagan holda 5ta g‘alabali o‘yin qayd etishdi. Bundan oldin shunday natijaga Londonning "Chelsi" jamoasi 2005-06 yillar mavsumida erishgandi.

Pellegrini shogirdlari APLning yangi mavsumidagi oldingi 4 tur davomida «Vest Bromvich» (3:0), «Chelsi» (3:0), «Everton» (2:0), «Uotford» (2:0) jamoalari bilan o‘yinlarda "quruq g‘alabalar" qayd etgandi.

Shuningdek, jamoa ketma-ket 6ta o‘yinda gol o‘tkazmaslik bo‘yicha o‘z rekordini o‘rnatdi. O‘tgan mavsumning oxirgi turida «Sautgempton» jamoasi ustidan 2:0 hisobida qozonilgan g‘alaba bilan qo‘shib hisoblaganda jamoaning "quruq seriyasi" 6ta o‘yindan iborat bo‘lib turibdi.

Top