Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika toshbaqa tuxumlarining o‘g‘irlanishiga dronlar yordamida qarshilik ko‘rsatadi
Meksika hukumati och jigarrang toshbaqalar populyatsiyasini brakonerlardan dronlar yordamida qutqarish bo‘yicha dasturni ishga tushirdi, deb yozmoqda Belfast Telegraph nashri.
Dronlar mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan plyajlardagi toshbaqalar va brakonerlarni kuzatadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, havodan qumda inson qadamlarini ko‘rish osonroq kechadi.
Qayd etilishicha, sohilbo‘yiga tuxum qo‘yish uchun minglab toshbaqalar kelishi kerak.
Och jigarrang ridleya toshbaqasi yo‘qolib ketish arafasida turibdi, 20 ta toshbaqadan 18 tasi turli sabablarga ko‘ra katta yoshgacha yetib bormaydi.