Jahon | 11:19 / 13.09.2015
5113
1 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyev 14 sentabr kuni Tojikistonga rasmiy safar bilan boradi

14 sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev Tojikistonga rasmiy safar uyushtiradi. Bu haqda “Xovar” milliy axborot agentligi xabar bergan.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyevning uchrashuvi davomida hamkorlikka oid 6ta yangi hujjat imzolanishi kutilmoqda.

Eng muhim hujjatlardan bu – Tojikiston va Qozog‘iston o‘rtasida strategik hamkorlikka oid hujjatdir. Yana 5 hujjat ta'lim, sport, axborotlarni texnik jihatdan himoyalash, mehnat migratsiyasi sohalariga oid va ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturidan iborat.

Ta'lim sohasidagi hamkorlik natijasida, kelgusida tojik talabalari tayyorlov kurslarisiz Qozog‘istondagi oliy o‘quv yurtlarining birinchi kursiga o‘qishga kirishlari mumkin bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish