Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Latviyadagi elchisi: Latviya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar chuqur inqiroz holatida turibdi
Latviya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar oxirgi 20 yil ichida eng chuqur inqirozida turibdi, deb aytdi Rossiyaning Latviyadagi elchisi Aleskandr Veshnyakov Yurmalada 12 sentabrda ochilgan “Baltiyskiy forum” anjumanida.
Anjumanning mavzusi “AQSh, YeI va Rossiya – yangi haqiqat” deb nomlandi.
“Afsuski, tarixiy qo‘rquvlar bosimi ostida, o‘zining katta hamkorlariga ergashgan holda Latviyada Ukrainadagi voqealarga chetdan uqdirilgan qarash va Rossiyaga nisbatan noxolis munosabat ustunlik qilmoqda”, deb aytdi Veshnyakov.
Veshnyakovning ta'kidlashicha, ikki davlat faqatgina texnik hamkorlikni qo‘llab-quvvatlamoqda. “Ikki tomonlama munosabatlar oxirgi 20 yil ichidagi eng chuqur inqirozga uchragan”, deb aytdi Rossiya elchisi.
Veshnyakovning aytishicha, oxirgi yillarda Latviya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda iliqlik kuzatilib, bunga iqtisodiy hamkorlik ta'sir qilgan edi. Biroq oxirgi yil vaziyat keskin salbiy tus oldi.