Jahon | 07:52 / 13.09.2015
4220
2 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili Ukrainani yashirin hukumat boshqaradigan aksionerlik jamiyati deb atadi

Ukrainaning Odessa viloyati ma'muriyati rahbari Mixail Saakashvili Ukrainani rasmiy tuzilmalar emas, balki oligarxlardan tarkib topgan yashirin hukumat boshqaradigan aksionerlik jamiyati deb atadi. Saakashvili bu haqda Kiyevda 12-Yalta yevropacha strategiyasi (YES) uchrashuvi davomida aytib o‘tdi

“Ha, bizda, yashirin hukumat, parallel hukumat mavjud... Ishni boshqaradigan odamlar – aslida bu aksionerlik jamiyatining egalari hisoblanadilar”, deb ta'kidlab o‘tdi Saakashvili va “Ukrainani qandaydir oligarxlar boshqaradi”, deb qo‘shimcha qildi.

Saakashvilining aytishicha, norasmiy tizim ham davlat xizmatlari kabi inqirozga uchragan. “Mana sizga natija: bu tizim inqirozda, boshqa tizim inqirozda, davlat xizmati inqirozda va biz qayerda ekanligimiz haqida o‘zimizga hisobot berishimiz kerak”, deb murojaat qildi Saakashvili.

Saakashvilining ta'kidlashicha, Arseniy Yatsenyuk hukumatida bir necha islohotchilar bor, “biroq har bir oligarx o‘z prokurori, politsiyachisi, sud hakami va armiyasi, qurollangan guruhlari, zirhli mashinalari, o‘q-dorilariga ega va ularga haq to‘lashi kerak, chunki davlat ularga hatto maosh to‘lamayapti”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish