Jahon | 22:54 / 13.09.2015
11333
2 daqiqa o‘qiladi

Sergey Lavrov: AQSh “IShID” pozitsiyalarini aniq biladi, biroq bombardimon qilmayapti

Moskva AQSh boshchiligidagi “IShID”ga qarshi koalitsiyaning boshqa maqsadlari borligidan gumon qilmoqda.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh “IShID” terrorchilik guruhining aniq pozitsiyalarini bilishini, biroq ularga zarba berish haqida buyruq bermayotganini aytdi.

“Bizning amerikalik hamkorlarimiz o‘z koalitsiyalarini yoki avvaldan o‘ylamasdan, yoki uni aytilgan maqsadlardan boshqa maqsadlarni ko‘zda tutgan holda yaratganlar. Koalitsiya juda betartib yaratilgan: deyarli bir necha kun ichida unga bir qator davlatlar kirgani ma'lum qilinib, qandaydir zarbalar berish boshlangan”, deb aytmoqda Lavrov.

Lavrovning aytishicha, Moskva AQSh boshchiligidagi koalitsiya oldida boshqa vazifalar turgani haqida ma'lumotlar olmoqda.

“Birovga pand berib qo‘ymayman deb umid qilaman, koalitsiyaga kiruvchi davlatlardagi bizning ba'zi hamkasblarimiz ularda “IShID”ning u yoki bu bo‘linmalari qaysi joyda, qanday pozitsiyalarda bo‘lishi haqida aniq ma'lumotlar bo‘lishi, biroq koalitsiyaga qo‘mondonlik qilayotgan AQSh zarbalar berishga rozilik bermayotganini aytmoqdalar”, deb aytdi Lavrov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish