10:40 / 13.09.2015
4862

Serxio Roberto: Messi yana bir bor meni hayratga soldi

"Barselona" jamoasi futbolchisi Serxio Roberto o‘z jamoadoshi Messining "Atletiko"ga qarshi o‘yindagi harakatlaridan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Messiga o‘xshash futbolchi yo‘q. U dunyodagi eng zo‘r futbolchi. Men u bilan bir jamoadaligimdan faxrlanaman.
Messi hamma ishni qila oladigan futbolchi. U kechagina ota bo‘ldi va mashg‘ulotlarimizda ishtirok etmadi, o‘yinga tayyorlanmadi. Lekin u zaxiradan o‘yinga qo‘shildi va bizga g‘alaba keltiruvchi golni urdi", deydi Roberto.

Top