Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shotlandiyada yana bir marta mustaqillik referendumi o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Shotlandiya hukumati rahbari Nikola Sterjyen mamlakatda yana bir marta mustaqillik referendumi o‘tkazilishi kerakligini aytdi.
"Bizning manifestimizda navbatdagi referendumni o‘tkazish uchun asoslar ko‘rsatiladi. Biz bunday manifestni taqdim etamiz", deydi Shotlandiya milliy partiyasi yetakchisi Sterjyen.
Bu tashabbusga qarshi bo‘lgan tomon esa Sterjyenning tarafdorlarini "Bir avlod uchun bir referendum" qoidasini buzishda ayblab chiqqan.
Milliy partiya bunday manifestni 2016 yilda taqdim etishni mo‘ljallagan.
Sterjyenning qo‘shimcha qilishicha, ikkinchi referendum 5 yoki 10 yildan keyin bo‘lsa ham o‘tkaziladi va shotlandlar mustaqillikka erishish bo‘yicha qarorlarini qabul qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi referendumda, 2014 yilda ovoz beruvchilarning nisbatan ko‘pchilik qismi (55 foiz) Buyuk Britaniya qirolligi tarkibida qolishni yoqlashgandi.
Ipsos Mori agentligi o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra esa, ayni vaqtda shotlandiyalik saylovchilarning 55 foizlik qismi mustaqillik tarafdorlari hisoblanishadi.