19:36 / 13.09.2015
2548

Surxondaryoda uyga muhtoj nogironlar oilasiga yordam ko‘rsatildi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi Berdiyevlar oilasi “Adolat ko‘zgusi” gazetasiga murojaat qilib, uyga muhtojliklari bois byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasining eski binosini doimiy yashash joyi sifatida olinishida amaliy yordam ko‘rsatishni so‘radi. Aytilishicha, oila boshlig‘i Berdiyev Alisher va uning rafiqasi Umida Ashurovalar 1-guruh nogironlari bo‘lib, 3 nafar voyaga yetmagan bolalarga ega. Bu boradagi tuman hokimligiga yuborilgan murojaatga tezda javob olindi.

Tuman hokimi H. Mingboyev arizaning o‘rganib chiqilgani, shu asosda tegishli yordam ko‘rsatilganini ma'lum qildi. Jumladan, oila Ko‘zi ojizlar jamiyati tomonidan ikki xonali uy bilan ta'minlangani, ularning bolalariga esa nafaqalar mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan uzluksiz berib kelinayotgani aytildi. Bundan tashqari, uy-joy qurilishi uchun tuman hokimligi tomonidan 2 800 kg sement, 6 dona stropilo, 40 dona shifer va 7 ming dona g‘isht berilgan.

Top