19:53 / 13.09.2015
2264

Tbilisi hayvonot bog‘i shaharda iyunda yuz bergan toshqindan keyin yana ochildi

Iyunda Tbilisida yuz bergan vayronakor toshqindan keyin jiddiy zarar ko‘rgan Tbilisi hayvonot bog‘i qisman tiklandi va tashrif uchun qayta ochildi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi. 

“Toshqin paytida hayvonot bog‘idagi 277 hayvon nobud bo‘ldi, bu juda katta raqam. Bu halok bo‘lgan hayvonlar eng qiziqarli hayvonlardan edi va ko‘plab odamlarni o‘ziga jalb qilardi. Ular orasida oq sherlar, maymunlar bo‘lgan va afsuski, ularning barchasi va boshqa turlar ham halok bo‘ldi. Biroq shunga qaramasdan bizda boshqa qiziqarli hayvonlar qoldi, ularni yana ko‘rsa bo‘ladi. Bular oq karkidon, leopardlar va boshqa hayvonlar”, deb aytmoqda hayvonot bog‘i direktori Zurab Guriyelidze.

Ma'lum qilinishicha, Gruziya hukumati Tbilisida yangi hayvonot bog‘i qurishga qaror qildi va uning maydoni hozirnikidan 9 marta kattaroq bo‘ladi.

14 iyunga o‘tar kechasi Tbilisida yuz bergan toshqin oqibatida hayvonot bog‘ining pastki qismi to‘liq vayron bo‘lgan, 600 ta hayvondan yarmidan kami tirik qolgan.
Toshqin oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi berdarak yo‘qolgan edi.

Top