Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tottenxem» Adebayor bilan shartnomani bekor qildi
"Tottenxem" klubi rahbariyati 31 yoshli togolik hujumchisi Emmanuel Adebayor bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida e'lon qildi. Bu haqda "shporlar" jamoasi rasmiy saytida e'lon qilingan.
Ma'lumot qilinishicha, tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan shartnoma bekor qilingan.
“Emmanuelga kelajakdagi faoliyatida omadlar yor bo‘lishini tilaymiz“, – deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib o‘tamiz, jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bu hujumchi yangi mavsum uchun rejalaridan o‘rin olmagani haqida aytgandi. "Shporlar" tarkibida asosiy hujumchilar Xarri Keyn, nosir Shodli va Erik Lamela hisoblanadi.
Qolaversa jamoa yozgi transferlar oxirida "Bayyer"dan koreyalik hujumchi Son Xyong Minni 22 mln funt evaziga transfer qildi.
"Tottenxem" yangi mavsum startini ko‘ngildagidek boshlay olmadi. Ayni vaqtda jamoa 4 turdan keyin 3 ochko (3ta durang) bilan 16 o‘rinda joylashgan.
Ma'lumot uchun, Adebayor ushbu jamoa safida o‘tgan mavsumda 13ta o‘yinda ishtirok etdi va 2ta gol hamda 2ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.