Sport | 20:47 / 13.09.2015
2953
2 daqiqa o‘qiladi

«Tottenxem» mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi

Angliya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan “Sanderlend” hamda “Tottenxem” klublari o‘rtasidagi uchrashuvda nihoyat "shporlar" ham mavsumdagi ilk g‘alabasini qayd etdi. Ushbu o‘yinda Meyson tomonidan urilgan gol mehmonlarning 0:1 hisobidagi g‘alabasini ta'minladi.

Qayd etish kerakki, bu o‘yinda "Tottexem"ning yozgi transferlar yakunida xarid qilgan yangi a'zosi, koreyalik Son Xyong Min debyut qildi.

Bu g‘alabadan keyin Pochettino shogirdlari ochkolari sonini 6taga yetkazdi va jadvalning 12-o‘rniga ko‘tarildi. "Sanderlend" 2 ochko bilan eng quyi o‘rinda qolmoqda.

Angliya chempionati. 5-tur

Sanderlend – Tottenxem 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 82 Meyson.
Sanderlend – Pantilimon, Jons, O′Shi, van Anxolt, Kabul, Mvila, Gomes (Kettermoul, 74), Lens, Defo, Borini (Uotmor, 74), Toyvonen (Roduell, 81).
Tottenxem – Loris, Vertongen, Devis, Uoker, Dayyer, Meyson (Kerroll, 85), Shadli, Alli (Lamela, 67), Alderveyreld, Keyn, Son Xyn Min (Taunsend, 62).
Ogohlantirishlar: Vertongen (16), Borini (21), Jons (42).