20:19 / 13.09.2015
2970

Ukraina Ichki ishlar vazirligi yil oxiriga mamlakatda 6-7 ming politsiyachi bo‘lishini e'lon qildi

Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov mamlakatning huquq-tartibot muassasalaridagi o‘zgarishlar miqyosini tasvirlab, yil oxiriga kelib mamlakatda 6-7 ming politsiyachi bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda Avakov Chernigov shahrida patrul politsiyasi taqdimoti paytida ma'lum qildi

Avakovning aytishicha, Ukrainada 7 noyabrdan boshqa militsiya xizmati bo‘lmaydi, uning o‘rnini yangi politsiya egallaydi.

Avakovning aytishicha, politsiya ehtiyojlariga qo‘shimcha 140 mln grivna (6,5 mln dollar) yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.

Ukraina ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Eka Zguladze iyun oyida Kiyevda davlat avtomobil inspeksiyasi bartaraf etilib, uning vakolatlari patrul politsiyasiga topshirilishini ma'lum qilgandi. Bunday xizmat joriy yilning oxirigacha Ukrainaning aholisi million kishidan ko‘proq barcha shaharlarida paydo bo‘ladi. Ukrainada patrul politsiyasidan keyin yangi yo‘l politsiyasi, yangi uchastka nozirlari va yangi maxsus vazifalarni bajaruvchi bo‘lim paydo bo‘ladi.

Top