Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada kuchli yog‘ingarchilik tufayli daryoga “Fukusima” AESdagi zaharli chiqindilar oqib ketdi
Yaponiyadagi “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi falokat oqibatlarini bartaraf etish paytida yig‘ilgan chiqindilar solingan konteynerlar kuchli yomg‘irlar oqibatida Niidagava daryosiga oqib ketdi, deb xabar bermoqda “Kiodo” axborot agentligi.
Ba'zi konteynerlar shikastlanishi oqibatida undagi chiqindilar suvga tushgan. Shikastlangan idishlarning aniq miqdori aniqlanmadi, biroq dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, suvga 240 ga yaqin zaharli chiqindilar – falokatda yig‘ib olingan zaharli tuproq va o‘tlar solingan idishlar oqib ketgan bo‘lishi mumkin.