Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadagi suv toshqinlari tufayli halok bo‘lganlar soni 5 nafarni tashkil etmoqda
Yaponiya sharqida yuz bergan suv toshqinlaridan jabrlanganlarni qutqarishga kirishgan guruhlar joylardan 5 kishining jasadini topishdi. Ularning 3 nafari Tokio shahridan shimolda joylashgan Tochigi tumanidagi sholi maydonida cho‘kib ketgan mashina ichida halok bo‘lishgani aniqlangan.
Ayni vaqtda yana 20 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.
11 sentabr kuni xavfli hududlardan 100 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilingandi.
Suv toshqinlaridan eng ko‘p talofat ko‘rgan hudud Ibaraki prefekturasidagi Kinugava daryosi toshishidan zararlangan Dzyoso shahri bo‘lib turibdi.
Ayni vaqtda qutqaruvchi guruhlar tarkibida 51ta vertolyot ish olib bormoqda.
Shuningdek, bu guruhlar o‘z ichiga 6 ming nafardan ortiq qutqaruvchi xodimlarni jamlagan.
Bundan oldinroq, Yaponiyada "Etau" to‘fonidan keyin boshlangan kuchli suv toshqini tufayli bedarak yo‘qolganlar qidirilishi boshlangani xabar qilingandi.
Shuningdek, Yaponiyadagi suv toshqinlari Toyota kompaniyasining 3ta zavodida ish to‘xtab qolgani xabar qilingan.