Italiya A seriyasining 3 turida "Yuventus" "Kevo"ni mag‘lub eta olmadi (1:1).
Joriy mavsumning avvalgi turlarida jamoa "Roma" va "Udineze" jamoalariga 1:2 va 0:1 hisoblarida mag‘lub bo‘lgandi.
"Yuventus" oxirgi marta 1962 yildagi mavsum startida dastlabki 3 o‘yindan atigi 1 ochko jamg‘argandi.
Bundan tashqari, "ko‘hna sinora" 2007-08 yillar mavsumidan beri ilk marta chempionatning ilk 3 turidagi o‘yinlarning barchasida o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi.