08:49 / 14.09.2015
2709

American Airlines aviakompaniyasi Gavayiga uzoq parvozga ruxsati yo‘q bo‘lgan samolyotni yanglishib yuborganini tan oldi

American Airlines aviakompaniyasi 13 sentabrda xodimlari jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganlari va buning oqibatida Los-Ajyelesdan Gavayiga okean uzra uzoq parvozni amalga oshirish uchun ruxsati bo‘lmagan samolyot yuborilganini tan oldi. Bu haqda Frans Press agentligi ma'lum qildi

Voqea 31 avgust kuni bunday maqsadlarga mo‘ljallanmagan samolyot Los-Anjyelesdan Gonoluluga muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirgandan keyin ma'lum bo‘ldi.

American Airlines vakili Keysi Norton kompaniya hanuzgacha samolyotlar qanday qilib adashtirib qo‘yilgani yuzasidan tergov olib borayotganini ma'lum qildi. Norton adashtirib qo‘yilgan Airbus A321S samolyotidan ichida qo‘shimcha qurilmalar borligi bilan farq qiluvchi Airbus A321H samolyoti reysni amalga oshirishi kerak bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.

Nortoninng aytishicha, samolyotlar bir xil dvigatel, bir xil yoqilg‘i baklariga ega. Ular faqatgina Airbus A321H bortida falokat yuz berishi ehtimoliga qarshi ko‘proq tibbiy kislorod va yong‘inni bartaraf etish uchun qo‘shimcha balloni borligi bilan farq qiladi.

Norton AQSh Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi ushbu noxush voqea haqida darhol xabardor etilganini ta'kidlab o‘tdi.

Top